Özbekistonda banklar, tölov taşkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori iştirokçilari örtasida xavfsiz ma’lumot almaşinuvini ta’minlaydigan “oçiq banking” tizimi joriy etiladi.

Bu – 27 noyabr kuni imzolangan “Moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida belgilandi.

Qarorga köra, “oçiq banking” tizimi 2026 yil 1 sentabrgaça işga tuşişi kerak.

Ma’lumot uçun, “oçiq banking” (open banking) – moliyaviy xizmatlar iste’molçisining roziligi asosida uning moliyaviy ma’lumotlari (hisobvaraqlari, ulardagi mablağlar va tranzaksiyalar tarixi kabilar) uçinçi tomonlarga standart şakldagi API'lar vositasida uzatilişi mumkin bölgan tizimdir.

Bu tizim fintex sohasida raqobatni kuçaytiriş, tanlov imkoniyatini kengaytiriş va innovatsion mahsulotlarni köpaytirişga qaratilgan bölib, iste’molçilarga şaxsiy budjetni boşqariş va qayd etib boriş kabi qator afzalliklarni beradi.