Markaziy bankning tölov tizimida jismoniy şaxslar uçun mobil raqamdan foydalangan holda ularning bank hisobvaraqlaridan töğridan töğri ötkazmalar xizmati joriy qilinadi. Regulyatorning tezkor tölovlar tizimida jismoniy şaxslar örtasida “P2P” ötkazmalarini amalga oşiriş imkoniyati işlab çiqiladi va tölov xizmatlari körsatuvçilarga Open API körinişida taqdim etiladi.
Bu – 27 noyabr kuni imzolangan “Özbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida belgilandi.
Unga köra, şuningdek, çakana bank xizmatlari va tölov xizmatlari bozorida raqobatni rağbatlantiriş maqsadida majburiy mijozlar auditoriyasidan voz keçgan holda foydalanuvçilarga bank kartasini oçişda imkoniyatlar yaratiladi. Bunda fuqarolarga öz maoşini oladigan bankini yoki elektron hamyon provayderini tanlaş huquqi beriladi.
Savdo va xizmat körsatiş nuqtalari uçun universal QR-kod ham joriy etiladi. QR-kodlar orqali tölovlarni amalga oşirişning yagona standartlari tatbiq qilinadi.

















