Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lisenziya va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi
Ayrim ruxsat berish, shuningdek litsenziyalash va avtorizatsiyadagi takrorlanuvchi jarayonlar bekor qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, litsenziya va ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Prezidentning "Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq "Eksport nazorati obektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma" va "Maxsus tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya" hujjatlari bitta turga - "Maxsus tovarlarni eksport va import qilish uchun ruxsatnoma"ga birlashtirilgan edi.
Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
- ruxsat beruvchi hujjatlarning ikki turini bittaga birlashtirish;
- tovarlarning maxsus turlarini eksport va import qilish uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;
- prezident va hukumat qarorlariga muvofiq eksport qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash;
- ayrim ruxsat berish, shuningdek litsenziyalash va avtorizatsiyadagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilish;
- litsenziyalash, ruxsatnomalar va xabardor qilish sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshiriladigan ma’muriy jarayonlar bilan muvofiqlashtirish;
- litsenziyalar va ruxsatnomalar tabiati bilan bog‘liq hujjatlarni berish muddatlarini ish kuniga ko‘chirish.
Xususan, asosiy o‘zgartishlar Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga kiritilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025