O‘zbekiston | 13:07 / 18.07.2024
3771
1 daqiqa o‘qiladi

Masqatdan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummonning Salam Air aviakompaniyasi ijrochi direktori Adrian Xamilton-Maans bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Adrian Xamilton-Maans mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va sayyohlar almashinuvining keskin oshishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Masqatdan O‘zbekiston shaharlarining biriga havo qatnovlarini amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid