O‘zbekiston | 09:12 / 02.12.2022
6050
1 daqiqa o‘qiladi

Salam Air O‘zbekistonga qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Salam Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.

Salam Air

O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Salam Air aviakompaniyasiga 2022 yil 30 noyabrda 18-K sonli ruxsatnoma berildi.

Ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasiga Maskat – Tashkent – Maskat va Maskat – Namangan – Maskat yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangandir.
  
Aviakompaniya parvozlarni A320 va A321 havo kemalarida amalga oshiradi.

Mavzuga oid