Özbekiston elçixonasi tomonidan Masqatdagi suriyaliklar xonadonida heç qanday hujjatlarsiz qoldirib ketilgan, 2023 yilda tuğilgan özbekistonlik bolaga tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, Özbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinişiça, bola tuğilganida onasi tomonidan tuğruqxonaga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma taqdim etilmagani sababli, çaqaloqqa heç qanday hujjat rasmiylaştiriş imkoni bölmagan. Şuningdek, bolaning onasiga nisbatan Ummonda jinoiy iş oçilgani bois, u tuğuruqxonani yaşirinça tark etgan.

Qayd etilişiça, ona bolasini suriyalik oilaga “vaqtinça qarab turiş” bahonasi bilan qoldirib, Özbekistonga qoçib ketgan. Suriyalik oila esa bolaga ikki yil davomida öz farzandidek munosabatda bölib, parvarişlagan. Hozirgi vaqtda Suriyada tinçlik örnatilgani sababli, mazkur oila öz vatanlariga qaytişga qaror qilgan va bolani Özbekiston elçixonasiga topşirib, Suriyaga jönab ketgan.

Şu bilan birga, 2023 yilda Ummondan Özbekistonga qoçib kelgan ona 2024 yilda boşqa jinoyatlari uçun Özbekistonda hibsga olingani va hozirda jazo muddatini ötayotgani ma’lum qilingan.

Elçixona tomonidan bolaning hujjatlarini rasmiylaştiriş maqsadida Ummonning tegişli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida unga tuğilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylaştirilgan. 18 dekabr kuni bola elçixona xodimi hamrohligida Masqat–Dubay, Dubay–Toşkent yönalişi böyiça Özbekistonga qaytarilgan.