Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagi Olimpiadaga faqat 15 nafar rossiyalik sportchi boradi
Olimpiadada ishtirok etishga rozilik bergan Rossiya Federatsiyasining barcha sportchilari neytral maqomda qatnashadi. Olimpiada o‘yinlarida Belarusdan ham 16 nafar sportchi bo‘ladi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) saytida e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida Rossiyadan bor-yo‘g‘i 15 nafar sportchi ishtirok etadi. Ular neytral maqomda bellashadilar. Rossiya ommaviy axborot vositalarining 18 iyul, payshanba kuni xabar berishicha, bu Olimpiadaga boradigan rossiyaliklarning yakuniy ro‘yxati.
Avvalroq XOQ matbuot xizmati rossiyalik sportchilar nomini 16 iyul kuni e’lon qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi, biroq XOQ saytidagi nashrga ko‘ra, ro‘yxat 13 iyuldan beri yangilanmagan. Ro‘yxatga yetti nafar tennischi, uch velopoygachi, uch baydarka va kanoeda eshkak eshuvchi, suzuvchi va batutda sakrovchi kirdi.
E’lon qilingan sportchilar orasida Tamara Dronova, Alena Ivanchenko, Gleb Siritsa (velosport), Anjyela Bladseva (batut), Daniil Medvedev, Roman Safiullin, Yekaterina Aleksandrova, Mirra Andreyeva, Pavel Kotov, Diana Shnayder, Yelena Vesnina (tennis), Aleksey Korovashkov, Zaxar Petrov, Olesya Romasenko (baydarka va kanoeda eshkak eshish) va Yevgeniy Somov (suzish) bor.
Belarusdan keladigan ishtirokchilar
Parij Olimpiadasida Belarusdan ham 16 nafar sportchi qatnashadi – Abubakar Xaslaxanov (yunon-rum kurashi), Anna Terex (velosport), Yevgeniy Zolotoy, Tatyana Klimovich (akademik eshkak eshish), Vladislav Kravets, Yuliya Trushkina (baydarka va kanoeda eshkak eshish), Ilya Shimanovich, Anastasiya Shkurday, Alina Zmushko (suzish), Violetta Bordilovskaya, Ivan Litvinovich (batutda sakrash), Daria Chupris, Aleksandra Petrova (o‘q otish), Georgiy Gursiyev (taekvondo), Syuzanna Volodko, Yevgeniy Tixonsov (og‘ir atletika).
26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada Rossiya va Belarus sportchilari rasman «individual neytral sportchilar» sifatida ishtirok etishadi. Musobaqalarda bu ikki davlatning har qanday ramzlari taqiqlanadi. Rossiya Federatsiyasi va Belarus olimpiya terma jamoalari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Belarusning Rossiyani qo‘llab-quvvatlagani sababli Parijdagi Olimpiadadan chetlatildi.
Umuman olganda, XOQ Olimpiadada neytral maqomda qatnashish uchun rossiyalik sportchilarga 54 ta, belaruslarga 28 ta kvota ajratdi. Velosport, kurash, dzyudo, tennis kabi sport turlarida ko‘plab rossiyalik sportchilar XOQ takliflarini rad etishdi. Og‘ir atletika va tennis bo‘yicha bir qator belaruslik sportchilar ham takliflarni qabul qilmadi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026