Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainaga dronlar va qanotli raketalar bilan hujum qildi
18 aprelda Ukrainaning beshta viloyatida 16 ta UUA va uchta qanotli raketadan ikkitasi urib tushirildi, dedi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk.
Foto: AP
18 aprelda Rossiya Ukrainaning beshta hududiga uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan hujum qildi – Dnepropetrovsk, Zaporijjya, Poltava, Kiyev va Xarkivga. Jami 16 ta Shahed zarba beruvchi UUA va uchta qanotli raketa uchirildi - ikkita X-59/X-69 va bitta X-35, dedi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Nikolay Oleshchuk.
Unga ko‘ra, barcha dronlar va ikkita X-59 raketalari urib tushirilgan. Oleshchuk uchinchi raketa qayerga urilganini aytmadi va «ko‘p nishonlar sharqiy yo‘nalishda yo‘q qilinganini» ta’kidladi. O‘z navbatida, Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Sergey Lisak mintaqa uzra ikkita raketa va beshta uchuvchisiz uchoq yo‘q qilinganini aytdi.
Poltava viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Filipp Proninning so‘zlariga ko‘ra, Kremenchug tumanida dron hujumi natijasida turar joy binosi va hovli zarar ko‘rgan. Qurbonlar yo‘q.
Xarkiv viloyatida rus qo‘shinlari tunda Kupyanskiy tumani Glushovka qishlog‘iga boshqariladigan havo bombasini tashladi, dedi Xarkiv VHM rahbari Oleg Sinegubov. Oqibatda 60 yoshli ayol halok bo‘lgan, 69 va 80 yoshli erkaklar jarohatlangan, to‘rtta uy vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026