Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
“Spark” qarama qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan “Lasetti” bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Lasetti”da bo‘lgan yigit va qiz og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan
Ijtimoiy tarmoqlarida “Yaypanda to‘y kortejida sodir bo‘lgan avariya sabab ikki odam o‘ldi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan Kun.uz’ga ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 21 iyul kuni soat 18:30 larda O‘zbekiston tumanidan o‘tgan, 4R-154 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lida 29 yoshli E.I. to‘y tadbiriga aloqasi bo‘lmagan holda “Spark” mashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
Shunda “Spark” 24 yoshli R.A. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, “Lasetti” haydovchisi R.A. va yo‘lovchisi 20 yoshli J.O‘. (qiz) og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 21 iyul kuni qiz, 22 iyul kuni yigit shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026