Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
Joriy yilning 7 iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi.
Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rish mumkin.
Prezident maktablariga qabul 1 iyundan 20 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun talabgor 4-sinfni tugatgan bo‘lishi kerak, o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Umumta’lim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.
Mavzuga oid
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
08:00 / 14.07.2024
O‘zbekistonda davlat imtihonlari boshlandi
10:01 / 21.06.2024