Jahon | 10:55 / 24.07.2024
8511
2 daqiqa o‘qiladi

XOQ Umar Kremlev boshchiligidagi boks federatsiyasini tashkilotdan chetlatdi

XOQ 2023 yilning yozida IBA’ni tan olishdan voz kechdi. Federatsiyaning Sport arbitrajiga qilgan murojaati natija bermadi. Federatsiya rahbari Kremlev qarorni sharhlar ekan, IBA’ni «XOQ tomog‘idagi suyak» deb atadi. 

Foto: Valeriya Sharifulina / TASS

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ni tan olingan xalqaro federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu qaror XOQning Parijdagi sessiyasida bir ovozdan qabul qilindi, deb xabar beradi RIA «Novosti» 23 iyul, seshanba kuni. Bugungi kunda federatsiyaga rossiyalik Umar Kremlev boshchilik qilmoqda. 

XOQ 2023 yilning yozida IBA’ni tan olishdan voz kechdi. Federatsiya qarorni «siyosiylashtirilgan» deb atagan holda Sport arbitraj sudi (CAS)da e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi, biroq uning shikoyati rad etildi.

2022 yil oktyabr oyida XOQ tavsiyalariga zid ravishda rossiyalik va belaruslik sportchilarga o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. Ushbu qarordan so‘ng bir qator milliy federatsiyalar federatsiya tarkibini tark etdi. 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining qarorini sharhlar ekan, IBA rahbari Umar Kremlev o‘zi rahbarlik qilayotgan assotsiatsiya «kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaydigan mustaqil va shaffof tashkilot», shuning uchun ham u «XOQning tomog‘idagi suyak» ekanligini aytdi.

XOQ va xalqaro alohida sport turlaridagi assotsiatsiyalar Belarusdagi hukmron rejim tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, rossiyalik va belaruslik sportchilarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatgan edi. 

Mavzuga oid