Jamiyat | 18:25 / 29.07.2024
3045
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 15 yo‘lovchini olib ketayotgan Damas haydovchisi jazolandi

Avtomashina salonida voyaga yetmagan bolalar va onalar bo‘lgan. Haydovchi ularni «aylantirgani olib ketayotganini» aytgan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyatida Damas avtomashinasi haydovchisi 15 nafar bola va onani olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasida Damas avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganda, salonida haydovchidan tashqari 15 nafar yo‘lovchi (voyaga yetmagan bolalar va onalar) borligi aniqlangan. Haydovchi buni «bolalarni aylantirgani olib kelayotgani» bilan izohlagan.

Holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avvlaroq, Qarshida DAMAS avtomobilida 25 nafar bolani tashigan haydovchi, Jizzaxda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan Damas haydovchisi 14 nafar yo‘lovchini olib ketayotgani aniqlangan edi.

Mavzuga oid