Filippinda tropik to‘fonlar qurbonlari soni 39 kishiga yetdi
Mamlakat bo‘ylab 118 provinsiya va okruglarda favqulodda holat e’lon qilingan.
Filippinda «Butchoy» va «Karina» tropik to‘fonlari sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 39 kishiga yetdi.
Filippinning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish bo‘yicha milliy kengashiga tayanib, mahalliy OAV mamlakat bo‘ylab tropik siklonlar haddan tashqari yog‘ingarchilik, suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘lganini xabar qilyapti.
«Butchoy» va «Karina» tropik siklonlari tufayli halok bo‘lganlar soni mamlakat bo‘ylab 39 kishiga yetdi, ulardan 15 nafari Manilada va 8 nafari Kalabarzon mintaqasida hayotdan ko‘z yumgan.
To‘fonlar 5 millionga yaqin odamga ta’sir ko‘rsatdi, jami 2005 ta binoga zarar yetkazdi, 118 provinsiya va okruglarda «favqulodda vaziyat» e’lon qilindi.
Mamlakatning katta qismida suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli ko‘plab yo‘llar vaqtincha yopilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024