AQSh Gurjistonga 95 million dollardan ortiq yordamni muzlatib qo‘ydi
Gurjiston hukumati antidemokratik harakatlarni sodir qilganlikda ayblandi.
AQSh Gurjistonga ajratiladigan 95 million dollardan ortiq yordamni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik qayta ko‘rib chiqilishi tufayli to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti xabar berdi.
«Gurjiston hukumatining antidemokratik harakatlari va noto‘g‘ri bayonotlari Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolik me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi», dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken qarorga izoh berar ekan.
May oyida Gurjiston parlamenti «Chet el ta’sirining shaffofligi to‘g‘risida»gi («chet el agentlari» to‘g‘risidagi) qonunni qabul qildi. Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili unga veto qo‘ydi, ammo parlament prezidentning vetosini bekor qilishga erishdi.
Vetoning bekor qilinishi qonun Gurjistonning xalqaro izolyatsiyasiga olib kelishini ta’kidlagan muxolifat deputatlarining keskin tanqidlari fonida bo‘lib o‘tdi, chunki qonun «kamsitish xarakteriga ega va Rossiyaning aynan shunday qonuniga o‘xshash».
Yakunda qonun parlamentda qabul qilindi. Unda daromadining 20 foizdan ortig‘ini xorijdan oladigan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining yillik moliyaviy deklaratsiyani to‘ldirishi nazarda tutilgan.
Ushbu qonunning qabul qilinishi ortidan AQSh va Yevropa Ittifoqi Gurjiston bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024