Jahon | 12:55 / 01.08.2024
5962
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilning Bayrutga havo hujumi qurbonlari soni ortib bormoqda

Bir kun avval Isroil aviatsiyasi «Hizbulloh» harakatining tayanch nuqtasi sifatida tanilgan Dahiya mavzesini o‘qqa tutdi.

Foto: Anadolu Agency

Isroil harbiy-havo kuchlarining Livan poytaxti Bayrut janubiy qismiga bergan zarbasi natijasida halok bo‘lganlar soni 4 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 80 nafarga yetdi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati bayonotida aytiladi.

Bir kun avval Isroil aviatsiyasi «Hizbulloh» harakatining tayanch nuqtasi sifatida tanilgan Dahiya mavzesini o‘qqa tutdi.

Isroil armiyasining bayonotiga ko‘ra, hujumda «Hizbulloh»ning bir qo‘mondoni - Fuad Shukr o‘ldirilgan. Bayonotga ko‘ra, Shukr «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrullohning «o‘ng qo‘li» hisoblangan.

«Hizbulloh» hozircha Shukrning o‘limini tasdiqlagani yo‘q. Tashkilot bayonotida uning hujum vaqtida binoda bo‘lgani ko‘rsatilgan, biroq vayronalarni tozalagandan keyin uning taqdiriga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid