Jahon | 11:39 / 02.08.2024
10112
2 daqiqa o‘qiladi

Ilya Yashin ozod etilganidan keyingi ilk fotoni namoyish etdi

G‘arb bilan almashuv doirasida ozod etilgan rossiyalik siyosiy mahbuslarning asosiy guruhi Germaniyadagi Kyoln aeroportiga qo‘ngan.

Foto: Ilya Yashin

Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi almashuv doirasida ozod etilgan rossiyalik muxolif siyosatchi Ilya Yashin o‘z telegram-kanalida ilk fotoni namoyish etdi. 

«Tez orada barchasini aytib beraman. Hozircha esa men uchun qayg‘urgan barchaga rahmat. Barchangizni quchib qolaman!» — degan siyosatchi o‘z telegram-kanalida.

Fotosuratda Yashin Navalniyning Barnauldagi shtabi sobiq koordinatori Vadim Ostanin, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurash fondi rahbarlari Mariya Pevchix, Leonid Volkov va Ivan Jdanov bilan birga aks etgan.

Ko‘p o‘tmay Mariya Pevchix Yashin bilan alohida tushgan suratini, shuningdek, qamoqdan ozod etilgan yana bir siyosiy mahbus Sasha Skolichenko bilan suratini e’lon qildi.

  • 1 avgust kuni Rossiya va G‘arb mamlakatlari keng ko‘lamli mahbuslar almashuvini o‘tkazdi. Shu kuni rossiyalik siyosiy mahbuslar bo‘lgan samolyot Germaniyaning Kyoln shahridagi aeroportga kelib qo‘ndi.
  • RF hukumati Germaniya va AQShga Vladimir Kara-Murza, Ilya Yashin, Oleg Orlov, Andrey Pivovarov, Sasha Skochilenko, Liliya Chanisheva, Kseniya Fadeyeva, Vadim Ostanin, Kevin Lik, Demur Voronin, German Moyjyes, AQSh fuqarolari Pol Uilan, Evan Gershkovich, Alsu Kurmasheva, Germaniya fuqarosi Patrik Shebelni topshirgan. Shuningdek, Belarus Germaniya fuqarosi Riko Krigerni qaytargan.

Mavzuga oid