Rossiya va Ğarb örtasidagi mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod etilgan rossiyalik muxolifatçi va sobiq siyosiy mahbus Ilya Yaşin Germaniya hukumati tomonidan taqdim etilgan şaxsiy himoyadan boş tortganini aytdi. Siyosatçi Berlindagi hayoti haqida 8 sentabr, yakşanba kuni çop etilgan Funke media-guruhi gazetalariga bergan intervyusida gapirdi.
Siyosatçining sözlariga köra, u uy-joy va xavfsizlik bilan ta’minlaş taklifini qabul qilmagan. «Menimça, Germaniyada soliq tölovçilar hisobidan yaşaş örinli emas», - dedi Yaşin va hatto Moskvada ham uning qöriqçilari bölmaganligini qöşimça qildi.
«Bilaman, rossiyalik agentlar va qotillar har qanday joyda bölişi mumkin», - dedi u. Yaşinning sözlariga köra, u dösti bilan Berlindagi kafelardan birida ötirganida, qöşni stolda ötirgan erkak qöl telefonini olib, uni videoga ola boşlagan. «Işonçim komilki, bu odam kafeda oddiy mehmon bölmagan, balki ayğoqçilik qilgan», — dedi Yaşin.
Siyosatçining qöşimça qilişiça, u erkakni mobil telefoniga suratga olgan va suratlarni Berlin politsiyasiga bergan.
«Ğarb va Rossiya muxolifati Ukrainani qutqariş uçun hamma narsani qilişi kerak»
Yaşin uruş haqida gapirar ekan, Ğarb va Rossiya muxolifati «Ukrainani qutqariş uçun qölidan kelgan barça işni qilişi kerak»ligiga işonç bildirdi.
«Agar biz Rossiya rahbariyatiga Ukrainani özlaştirişiga imkon bersak, u holda u boşqa mamlakatlar oldida ham töxtamaydi, «U Ukraina bilan qanoatlanadi» degan illyuziya bölmasligi kerak», - dedi siyosatçi. «U töxtamaydi va vayronagarçilikni davom ettiradi - va har qanday tanqidçilarga yanada qattiqroq munosabatda böladi», dedi Yaşin.
Yaşin Germaniyada siyosiy boşpana olişdan boş tortdi
Rossiya va Ğarb örtasidagi mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod etilgan rossiyalik muxolifatçi va sobiq siyosiy mahbus Ilya Yaşin Germaniyadan siyosiy boşpana oliş taklifini rad etganini aytdi. Siyosatçi 20 avgust kuni Bloomberg agentligiga intervyu berdi.
Yaşinning sözlariga köra, boşpana olişga rozi böliş uning Rossiyaga qaytib kela olmasligini bildiradi. Germaniya Içki işlar vazirligi izoh berişdan boş tortdi.
Agentlikning ta’kidlaşiça, muxolifatçi Germaniyada yaşaş uçun ruxsat söragan va Yevropa rasmiylari orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimiga aloqador şaxslarga nisbatan sanksiyalarni kengaytiriş uçun lobbiçilik qilmoqçi. «Faqat 2000 kişi sanksiya ostida, lekin 20 ming bölişi kerak», - dedi Yaşin.









