Jahon | 18:07 / 02.08.2024
23101
1 daqiqa o‘qiladi

Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

U davlat budjetiga juda katta miqdorda zarar yetkazgani ta’kidlanmoqda.

Foto: 24.kg

Qirg‘izistonda Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib 24.kg.

26 iyul kuni xavfsizlik xizmati xodimlari 32 yoshli S.I.ni ushlagan. U o‘ta xavfli jinoyatchilar ro‘yxatida bo‘lgan va Interpol qidiruviga berilgan.

Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, S.I. sheriklari bilan soxta bojxona yuk deklaratsiyasini tayyorlab, O‘zbekiston davlat budjetiga 12 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

Qirg‘izistonning Botken tuman sudi qarori bilan qo‘lga olingan shaxs tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Hozir tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid