Sitsiliyada Etna vulqoni yana uyg‘ondi
Ayni vaqtda ulkan kul ustuni bir necha kilometrga ko‘tarilgan, kraterdan esa lavalar oqmoqda.

Foto: AP
Yevropadagi eng faol Etna vulqoni 4 avgust, yakshanba kuni yana uyg‘ondi. Ayni vaqtda ulkan kul ustuni bir necha kilometrga ko‘tarilgan, kraterdan esa lavalar oqmoqda, deb xabar beradi Euronews.
Vulqon harakatga kelgani tufayli Italiyadagi Kataniya xalqaro aeroporti reyslar sonini soatiga oltitagacha chekladi, ayrimlarini Sitsiliyadagi boshqa aeroportlarga yo‘naltirdi.
Yakshanba tongida Italiya vulqonshunoslik va geofizika milliy instituti Voragin krateridan chiqayotgan «lava fontanlari» va sharq hamda janubi-sharqiy yo‘nalishda harakatlanayotgan «vulqon bulutlari» haqida ma’lumot berdi. Bulut yo‘lida uchragan yo‘llar va aholi punktlari qalin kul bilan qoplangan.
Vulqon uyg‘onishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Giarre shahri meri baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun hatto yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobillar tezligini pasaytirish bo‘yicha buyruq berdi.
Etna — Sitsiliya sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, Yevropadagi eng faol vulqondir. Joriy yozning o‘zida vulqon bir necha bor uyg‘ondi. Iyul oyida Kataniya aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi kul bilan qoplanib qolgani sabab o‘z faoliyatini ikki marta to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Shu bilan birga ta’kidlanishicha, vulqonning faolligiga qaramay? lava 19 asr boshidan beri yaqin shaharlarga qadar yetib kelmagan. Etnaning 200 dan ortiq kraterlari mavjud, ulardan biri otilsa, vulqonning qora kuli Kataniya va atrofdagi boshqa shaharlarni qoplaydi. Iyul boshlarida Italiya hukumati Sitsiliya shimolida joylashgan Stromboli vulqoni otilishi xavfi sabab trevoganing qizil darajasini e’lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada alaviylar qirg‘ini: yangi hukumat buni hal qilishga va’da bermoqda, ammo savollar ochiq qolmoqda
Jahon | 19:47
-
Ochiq okeanda 95 kun qolib ketgan perulik baliqchi qutqarildi
Jahon | 18:20
-
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi
O‘zbekiston | 17:07
-
SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi
Jahon | 17:05
Mavzuga oid

16:57 / 01.01.2025
Sitsiliya va Italiya o‘rtasida ko‘prik quriladi

11:20 / 09.09.2024
“Suvga to‘ymayotgan sigirlarim sut ham bermay qo‘ydi” – Sitsiliyada qurg‘oqchilik sabab qishloq xo‘jaligi halokat yoqasiga keldi

15:05 / 10.01.2023
"LUKOYL" Sitsiliyadagi ISAB neftni qayta ishlash zavodini sotyapti

09:28 / 12.12.2021