Jamiyat | 15:41 / 05.08.2024
15835
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Saida Mirziyoyevani qabul qildi

Qozog‘iston rahbari Ostonada «Zakovat» xalqaro intellektual o‘yinlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi. Qo‘shni davlat rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib, prezidentlar administratsiyalari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish orqali yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish muhimligini qayd etgan.

Axborot-mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qozog‘iston rahbari Ostonada «Zakovat» xalqaro intellektual o‘yinlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan hamda bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 avgust kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bilimdonlari “Zakovat”da bellashadi.

Mavzuga oid