Jahon | 08:32 / 06.08.2024
16149
1 daqiqa o‘qiladi

Yerda G3 sinfidagi kuchli magnit bo‘roni qayd etildi

Quyosh chaqnashi yuqori chastotali radio aloqasining uzilishi bilan birga yuz bergan.

Foto: Getty Images

Amaliy geofizika instituti (AGI) ma’lumotlariga ko‘ra, Yerda qayd etilgan geomagnit bo‘ron G3 darajasiga qadar kuchaydi.

«5 avgust kuni soat 13.01 (Toshkent vaqti bilan 15.01)da 3767 (S09W88) quyosh dog‘lari guruhidagi rentgen diapazonida M1.7 chaqnashi aniqlandi. Chaqnashning avj olishi yuqori chastotali radioaloqa uzilishi bilan birga yuz berdi», — deyiladi institut matbuot xizmati xabarida.

Olimlarning fikricha, G3 darajasi (Kp = 6,67) kamida olti soat davomida kuzatilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gap kuchli magnit bo‘roni haqida ketmoqda.

Monitoring shkalasiga ko‘ra, G3 darajasi - «kuchli». G1 eng zaif, G esa juda kuchli deb hisoblanadi.

Mavzuga oid