Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev qozoq va o‘zbek xalqining umumiy maqsadi nima ekanini aytdi
Qozog‘iston prezidenti ikki davlatning umumiy maqsadi asrlar davomida o‘rnatilgan buzilmas do‘stlik ekanini ta’kidladi.
Buzilmas do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash — qozoq va o‘zbek xalqining umumiy maqsadi, dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Oqo‘rdada bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston-O‘zbekiston Oliy davlatlararo kengashi birinchi yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan Kazinform iqtibos keltirdi.
«Hozirgina muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan kichik tarkibda muzokaralar o‘tkazdik. Biz bir qator muhim masalalarni muhokama qildik. Bu muzokaralar ochiqlik va o‘zaro yordam ruhida o‘tdi. O‘zaro munosabatlarimizni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Maqsad va vazifalarimizni belgilab oldik», dedi To‘qayev.
Qozog‘iston rahbari ikki davlatning umumiy maqsadi asrlar davomida o‘rnatilgan buzilmas do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish ekanini ta’kidladi.
«Kengashning bugungi yig‘ilishi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun juda muhim. Qarorlar ham strategik ahamiyatga ega. Oliy davlatlararo kengash faoliyati Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlari rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi, deb o‘ylayman», dedi To‘qayev.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026