Sport | 23:05 / 09.08.2024
10480
1 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024. G‘ulomjon Abdullayev – bronza medali sohibi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun bahsda gilamga chiqdi.

Foto: olympic.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Olimpiya o‘yinlari finali yo‘llanmasi uchun bahsda amerikalik Spenser Liga mag‘lub bo‘lgach, bronza medali uchun bahsda qirg‘izistonlik Bekzat Almaz uuliga qarshi kurashdi va g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Abdullayev erkin kurashchilarimiz orasida ushbu turnirda ilk medalni taqdim etdi. O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi medallari soni 6taga yetdi - 3ta oltin va 3ta bronza.

Mavzuga oid