O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatga qaytib keladi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
7 fevral kuni erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila markazlaridan biri — Qahramanmarash viloyatidan olib chiqildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Sportchilar Kahramanmarash shahrida 3−6 fevral kunlari o‘tishi belgilangan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgandi. Biroq mazkur hudud zilzila markaziga aylandi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magi bilan terma jamoa Anqara shahriga olib kelindi.
6 fevral kuni O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev ularni mamlakatga olib kelish uchun Istanbulga jo‘nab ketgan. U delegatsiyaga qo‘shilib, sportchi va murabbiylarning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi.
«Hozirda barcha sportchilarning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi», deyilgan xabarda.
Shuningdek, qo‘mita velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Alaniyada, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar esa Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotganini, zilzila ushbu hududlarga katta ta’sir o‘tkazmagani va mashg‘ulotlar reja asosida davom etayotganini ma’lum qildi.
- 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,8 va 7,5 balli ikkita kuchli zilzila ro‘y berdi. Natijada mamlakat janubi-sharqi va qo‘shni Suriya shimolida minglab turar joy binolari vayron bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 2900 dan ortiq, Suriyada esa 1400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, ikki mamlakatda 20 mingga yaqin kishi jarohatlangan. Turkiya prezidenti 12 fevralga qadar mamlakatda milliy motam e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025
«Ular Erdo‘g‘anga „yetar“ deyishdi». Turkiyada Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi ortidan nimalar bo‘lmoqda?

09:31 / 24.03.2025