Venesuela prezidenti X ijtimoiy tarmog‘iga kirishni 10 kunga taqiqlashni buyurdi
Nikolas Maduro X Bolivar Respublikasida nafrat va zo‘ravonlikni tarqatayotganini aytdi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro X ijtimoiy tarmog‘iga kirishni 10 kunga taqiqlashni buyurdi.
Poytaxt Karakasdagi Miraflores saroyida tarafdorlariga murojaat qilgan Maduro X Venesuelada nafrat va zo‘ravonlik tarqatayotganini aytdi.
Maduro ushbu mavzuni Milliy telekommunikatsiya komissiyasi (CONATEL) bilan muhokama qilganini va X’ga kirishni o‘n kunga yopish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berganini aytdi.
Davlat rahbari amerikalik milliarder, Ilon Maskka tegishli X’ni tanqid qildi. «Unga tegishli X barcha qonunlarni buzdi. Bu mamlakatda fashizm, fuqarolar urushi, o‘lim va nafratni tarqatishni bas qiling. X Venesuelaning barcha qonunlarini buzdi. Venesuelada qonunlar bor, biz ularga amal qilamiz. Venesuelada X 10 kunga taqiqlanadi. Ilon Maskning tarmog‘i taqiqlanadi. Venesuelaning konstitutsiyasi bor, davlat bor va siz ularni hurmat qilishingiz kerak», deb ta’kidladi prezident va tarafdorlarini uning qarorini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Siyosatchi bir kun kelib Venesuelada WhatsApp, Instagram va TikTok’dan tashqari yangi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Maduro jonli efir vaqtida WhatsApp’ni telefon ekranidan o‘chirib tashladi
Avvalroq Nikolas Maduro jonli efirda WhatsApp ilovasini o‘chirib tashlagan va bu ilova orqali mamlakatdagi ayrim guruhlar zo‘ravonlik va nafratni tarqatayotganini aytib o‘tdi.
Maduro Maskni Venesuelaning ashaddiy dushmani deb e’lon qildi
Venesuela prezidenti Maduro 28 iyul kuni o‘z mamlakatida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida uchinchi bor g‘alaba qozondi.
Amerikalik milliarder Ilon Mask «saylovlar soxtalashtirilgan» deb aytdi.
Maskning ayblovlariga javoban Maduro shunday dedi: «Munozarani xohlaysizmi, Ilon Mask? Men tayyorman, men Bolivarning o‘g‘liman, Chavesning o‘g‘liman, men sizdan qo‘rqmayman».
Maduro Maskni mamlakatda zo‘ravonliklarni qo‘zg‘atganlikda ayblab, uni Venesuelaning ashaddiy dushmani deb atadi. Mask agar duelda g‘alaba qozonsa, Madurodan diktatorlikdan ketishini talab qilishini va SpaceX kompaniyasi yordamida Marsga tekinga jo‘natishini aytdi.
Bundan tashqari, Maduro saylovdan keyingi g‘alaba nutqi chog‘ida Milliy saylov komissiyasiga hakerlar hujumi ortida Mask turganiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston MDHning islomiy moliya markaziga aylanish potensialiga ega - ekspertlar bilan suhbat
Iqtisodiyot | 18:06
-
Isroil zarbalari oqibatida Eronning kamida 20 nafar yuqori martabali qo‘mondoni halok bo‘ldi
Jahon | 18:02
-
Toshkentda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadigan Yandex ML School ochiladi
O‘zbekiston | 18:00
-
Isroil Eronga yangi zarbalarni berdi
Jahon | 17:38
Mavzuga oid

17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi

22:09 / 26.03.2025