Isroilning G‘azodagi hujumlari oqibatida BMTning 205 nafar xodimi halok bo‘ldi
UNRWA Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari tinch aholi qurbon bo‘lishi, ko‘chirilishi va infratuzilmaga zarar yetishiga sabab bo‘layotganini bildirdi.
Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida BMTning 205 nafar xodimi halok bo‘ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) bayonotida, Isroil armiyasining G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari tinch aholi qurbon bo‘lishi, ko‘chirilishi va infratuzilmaga zarar yetishiga sabab bo‘layotgani bildirildi.
Bayonotda G‘azoda 10 kishidan 9 nafarining ko‘chirilgani, ba’zilari esa bir martadan ko‘proq, hatto 10 marta ko‘chirilganiga e’tibor qaratildi.
Bayonotda G‘azo sektorida sog‘liqni saqlash tizimi deyarli ishlamayotgani ta’kidlangan, sababi 90 ta kasalxona va sog‘liqni saqlash markazlari xizmat ko‘rsata olmayapti. Xizmatlar UNRWA'ga qarashli 10 ta sog‘liqni saqlash markazlari va 100 ta mobil sog‘liqni saqlash bo‘limlari tomonidan taqdim etiladi, deyiladi matnda.
Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlarida 7 oktyabrdan beri 39 699 falastinlik, jumladan, kamida 16 314 bola va 10 980 ayol halok bo‘ldi, 91 722 nafari yaralandi.
Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida.
Mavzuga oid
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13 / 08.11.2024