Jahon | 13:14 / 14.08.2024
1903
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda kiberfiribgarlikda ayblangan rossiyalik ozod etildi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik Pavel Kublitskiy va qozog‘istonlik Aleksandr Xodirev internetning soyadagi segmenti - darknetdagi WWH platformasi ma’murlari bo‘lgan.

Foto: IZVeSTIYa/Anna Selina

AQShda kiberfiribgarlikda ayblangan rossiyalik Pavel Kublitskiy garov evaziga ozod qilindi. Bu haqda 12 avgust kuni kechqurun Florida shtati Markaziy okrugi federal sudining elektron ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan hujjatlarga tayanib, TASS agentligi xabar berdi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ishda ishtirok etgan rossiyalik Kublitskiy va Qozog‘iston fuqarosi Aleksandr Xodirev internetning soyadagi segmenti – darknetda WWH platformasi faoliyatiga aloqador. Ta’kidlanishicha, ushbu platformada «o‘g‘irlangan bank hisobraqamlari, soxta hujjatlar sotib olingan va hakerlar yollangan». 

AQSh rasmiylarida Kublitskiy va Xodirev ushbu platformaning ma’murlari ekanligiga ishonish uchun asos bo‘lgan. Ularga qo‘yilgan ayblov «ruxsatsiz kirish qurilmalari savdosi va 15 yoki undan ortiq ruxsatsiz kirish qurilmalariga egalik qilish» edi. 

RBK internet-nashri aniqlik kiritishicha, Pavel Kublitskiyning ozod etilishi uchun to‘langan garov miqdori 100 ming AQSh dollarini tashkil qilgan. Ommaviy axborot vositalari yozganidek, rossiyalik «yashash joyini faqat tibbiy sabablarga ko‘ra, sudga chaqirilgan taqdirda, advokatning tashrifi munosabati bilan, shuningdek diniy marosimlarda qatnashish uchun tark etishi mumkin». Bundan tashqari, Pavel Kublitskiy «barcha pasport va sayohat hujjatlarini topshirishga» majburdir va unga smartfondan foydalanishga ruxsat berilmaydi. 

Mavzuga oid