Jamiyat | 08:18 / 16.08.2024
3387
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda Zeekr avtomashinasi yo‘l chetidagi avtobus bekatiga borib urildi
Minor metro bekati qarshisida sodir bo‘lgan YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Joriy yilning 15 avgust kuni soat 15:50 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Minor metro bekati qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.Sh. Zeekr rusumli avtomashinasi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:56 / 19.07.2024
Toshkentda «G‘alabaning 40 yilligi» avtobus bekati qulab tushdi
16:10 / 07.03.2024
Toshkent metrosining ikkita yangi bekati 11 martdan ishga tushadi
16:51 / 07.02.2024
Toshkent metrosining 2 ta yangi bekati qachon ochiladi? - mas’ullar aniq javob bermayapti
14:19 / 15.12.2023