O‘tgan yilning aprel oyida Toshkent markazida qimmatbaho Zeekr 001 avtomobili yonib ketgandi. Kun.uz voqea tafsilotlarini o‘rgangandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu holat – elektromobil haydovchilari va servis mutaxassislari ehtiyot bo‘lishi lozim bo‘lgan bir nuqtani yuzaga chiqaradi.
Voqea xronologiyasi
Ish hujjatlarida ko‘rsatilishicha, 10 aprel kuni tungi 01:44 da Hotambek Mirzayev o‘ziga tegishli Zeekr 001 avtomobilini quvvatlash uchun “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining yonidagi avtoturargohda joylashgan Tok Bor brendiga tegishli stansiyaga keladi. 01:46 da zaryadlash uchun start tugmasi bosiladi. Bu paytda elektromobilning quvvati 7 foiz bo‘lgan. Mirzayev mashinasini qoldirib, uyiga ketadi. Soat 03:51 da stansiya elektromobilga quvvat berishni to‘xtatadi va sessiya yakunlanadi. O‘sha paytda mashinadan tutun chiqishi yoki nosozlik alomatlari kuzatilmagan.
Oradan 3 soatga yaqin vaqt o‘tgach, 7:30 lar atrofida elektromobilning old qismidan tutun chiqishi kuzatilgan va mashina yona boshlaydi. Baxtsiz hodisani ko‘rgan atrofdagi odamlar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar beradi.
2 oy oldingi ta’mirlash
Bu keysning muhim jihatlaridan biri – mashinani ta’mirlatish bilan bog‘liq. 2025 yil 25 yanvar kuni Zeekr'ning egasi Hotambek Mirzayev avtomobilini “EGO-Motors” MChJga tegishli “Voyah Service Center”ga olib boradi. Bunga avtomobilning quvvati 50 foizdan pasayganda birdaniga 0 foizga tushib ketayotgani sabab bo‘ladi.
“Avtomobil batareykasini diagnostika qilganimizda haydovchi o‘rindig‘ining tagidagi bir hujrasi 3,73 v'ga tushib ketgani, qolgan hujralar 4 v ekanini ko‘rdik. 7 fevral kuni batereykadagi disbalans bo‘lgan 3,73 hujrani 4 v'ga balans qilib, 9 fevral kunigacha 2 kun tekshirib test qildik. Mashina taxminan 17:50 larda egasiga taqdim etildi”, deyiladi xizmat ko‘rsatish markazining rasmiy izohida.
Servis markazining izohida aytilishicha, markaz xodimlari Zeekr'ning bu holatga kelishiga doimiy ravishda Fast DC charger, ya’ni yuqori quvvatdagi zaryadlash moslamalaridan foydalanish sabab bo‘lganini Hotambek Mirzayevga tushuntirishgan; bundan keyin mashinani 7 kW AC o‘zgaruvchan sekin zaryadlash stansiyasida quvvatlash kerakligini aytib, ogohlantirishgan.
Ekspertiza xulosasi















