O‘zbekiston | 07:05 / 17.08.2024
3429
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor nemis tili universiteti tashkil etilishi mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashdi.

Foto: uza.uz

Tomonlar o‘rtasida muhandis-texnika mutaxassislarini tayyorlashda o‘zaro ta’lim dasturlarini joriy qilish, Germaniyadan tajribali olimlarni O‘zbekistonga taklif qilish, dolzarb global muammolar yechimiga qaratilgan o‘zaro ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama etildi.  
 
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov elchi bilan suhbatda O‘zbekistonda ilk nemis tili universitetini tashkil etish masalasiga ham to‘xtalgan.

“Bugungi kunda o‘zaro talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini kengaytirish, yosh olimlarning Germaniyada ilmiy stajirovkalarini tashkil etish muhim yo‘nalishlardan biridir. Shuningdek, Germaniya tomoni bilan O‘zbekistonda ilk nemis tili universitetini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyorligimizni ma’lum qilaman”, dedi vazir.  

Mavzuga oid