O‘zbekiston | 08:20 / 17.08.2024
2672
1 daqiqa o‘qiladi
Qurilish korxonalarining soliqdan qarzdorligi 1 trln so‘mdan oshdi
2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan O‘zbekistondagi qurilish korxonalari soni 963 tani tashkil qiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur korxonalarning jami qarzi 1 trillion 136 milliard so‘mni tashkil etadi.
Shundan 428 milliard so‘mi, ya’ni 37,7 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI — 404,9 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri — 310,8 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 81,9 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
18:02 / 04.12.2024
Qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi
12:17 / 04.12.2024
Turkiya qurilish kompaniyasi salkam 1500 o‘zbekistonlikni ishga olmoqchi
18:32 / 02.12.2024
“Uy qurilishini kechiktirgan tadbirkor jarimaga tortiladi” - Qurilish vazirligi
20:49 / 30.11.2024