Oltin quymasi narxi tarixda birinchi marta million dollardan oshdi
Narxlarning oshishiga AQShda foiz stavkalarining pasayishi kutilayotgani, shuningdek, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik sabab bo‘lmoqda
Standart oltin quymasi narxi tarixda birinchi marta bir million dollardan oshdi. Bu haqda 19 avgust kungi savdolarga e’tibor qaratgan Bloomberg xabar berdi.
Oltinning bir troya unsiyasi (31,1 gramm) narxi tarixda ilk bor 16 avgust kuni 2 500 dollardan oshgandi, 19 avgustdagi savdolarda esa undan ham yuqori bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, og‘irligi 400 unsiya bo‘lgan standart oltin quymasi bir million dollardan qimmatroqqa ko‘tarildi.
Bloomberg quyma uchun 400 unsiya og‘irligi qat’iy belgilanmaganini eslatib o‘tdi: London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi qoidalariga ko‘ra, standart quyma vazni 350 dan 430 unsiyagacha hisoblanadi.
2024 yil boshidan buyon oltin 20 foizga qimmatlashgan. Narxlarning oshishiga AQShda foiz stavkalarining pasayishi kutilayotgani, shuningdek, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik sabab bo‘lmoqda. Bu vaziyatda investorlar himoya aktivlarini ko‘proq sotib olyapti.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 294 mln dollarga kamayib, 36,3 mlrd dollarni tashkil etgandi. Bunga may oyida oltin eksport qilinmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida oltinning fizik hajmi 11,4 mln troya unsiyadan 11,7 mln troya unsiyagacha ko‘paygan.
Mavzuga oid
09:40
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
11:40 / 10.11.2024