AQShda asli o‘zbekistonlik 16 yoshli o‘smir avtohalokat tufayli vafot etdi
Bruklinda yashovchi Umidjon Jo‘rayev 19 avgust kuni do‘stlari bilan skuterda yuk mashinasiga to‘qnashib ketgan. Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, do‘stlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Umidjon oilada yolg‘iz farzand bo‘lib, onasi bilan birga yashagan. Uning vafot etgani yaqinlarini chuqur qayg‘uga solgan.
Kuzatuv kameralariga ko‘ra, dushanba kuni sodir bo‘lgan avariyada skuter va yuk mashinasi chorrahadan o‘ngga burilib ketayotganda to‘qnashib ketgan. Jo‘rayevning do‘stlaridan biri olgan jarohatlari tufayli shifoxonada, ikkinchisi esa yengil jarohatlar bilan voqea joyida o‘ziga kelgan.
Nyu-York politsiyasining ma’lum qilishicha, yuk mashinasi voqea joyida qolmoqda, uning 48 yoshli haydovchisi esa so‘roq qilingan. Hozircha hech kim hibsga olinmagan va haydovchiga hech qanday ayblov qo‘yilmagan.
Umidjonning do‘stlari marhumga hurmat bajo keltirish uchun Kensingtondagi masjidga yig‘ildi. Ular sinfdoshi quvnoq bo‘lgani va butun sinfni doimo kuldirib yurgani haqida aytishgan. Shuningdek, uni futbol va video o‘yinlarni yaxshi ko‘rishi haqida eslashgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
13:52 / 22.11.2024