Vashington AQShning yadroviy tiyib turish strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi
The New York Times gazetasining yozishicha, Bayden AQSh qo‘shinlarini raqiblar, jumladan, Rossiya tomonidan «muvofiqlashtirilgan yadroviy to‘qnashuvlarga» tayyorlash rejasini ma’qullagan.

Foto: Lockheed Martin/ZUMA/IMAGO
Amerika prezidenti Jo Bayden mart oyida maxfiy yadro rejasini tasdiqladi, unda birinchi marta Vashingtonning yadroviy arsenali jadal kengayishi fonida Xitoyga qarshi kurash strategiyasi va AQSh qo‘shinlarini «ehtimoliy muvofiqlashtirilgan yadroviy to‘qnashuvlar»ga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Bunda, Rossiya Xitoy va Shimoliy Koreya bilan birlashgan front sifatida harakat qilishi mumkin. Bu haqda 20 avgust, seshanba kuni The New York Times (NYT) xabar berdi.
Hujjat yangilanishi haqida AQSh Kongressi xabardor qilinadi
«Yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma» taxminan har to‘rt yilda bir marta yangilanadi. Nashrning yozishicha, bir qancha bosma nusxalar milliy xavfsizlik idoralari bir necha xodimlari va Pentagon rahbariyatiga yuborilgan. AQSh Kongressi yangilanishlar haqida Bayden lavozimini tark etishidan oldin xabardor qilinishi kutilmoqda.
Hujjat, xususan, Qo‘shma Shtatlar yadroviy inqirozlarga, agar ular bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket sodir bo‘lsa, yadroviy va yadroviy bo‘lmagan qurollarning kombinatsiyasi bilan javob berishga tayyorligi yoki yo‘qligini tekshiradi.
Ilgari Moskva, Pekin va Pxenyan AQSh yadroviy arsenalidan ustunlikka erishish uchun yadroviy tahdidlarni muvofiqlashtira olishi ehtimoldan yiroq edi, deya yozadi NYT. Biroq, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, Moskvaga Tehron va Pxenyandan olib kelingan harbiy yuklar fonida hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqildi, deb yozgan gazeta.
Sobiq diplomat Richard Xaas shunday dedi: «Biz radikallashgan Rossiya bilan ish olib bormoqdamiz va yadroviy qurol odatiy mojaroda qo‘llanmasligi kerakligi haqidagi g‘oya endi ishonchli taklif emas», dedi.
Pentagon: Xitoy yadroviy kuchlari 2030 yilga borib 1000 ta jangovar kallakka ega bo‘ladi
Xitoyning yadroviy majmuasi hozirda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan kompleksdir, deya ta’kidlaydi gazeta. Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyning yadroviy kuchlari 2030 yilga borib 1000 ta kallakka, 2035 yilga kelib esa 1500 ta kallakka ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, Bayden ma’muriyati 20 avgust kuni gazeta nashriga izoh berdi va Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim mamlakatlar harakatiga yoki muayyan tahdidlarga javoban yadroviy tiyib turish yo‘nalishi o‘zgarishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq, 13 avgust kuni Financial Times nashri Rossiya o‘z harbiy-dengiz flotini mashg‘ulotlar davomida NATO bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroda yadro kallaklarini olib o‘ta oladigan raketalar bilan Yevropadagi nishonlarga zarba berishga tayyorlagani haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:46
-
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi
O‘zbekiston | 16:41
-
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
O‘zbekiston | 16:13
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
Mavzuga oid

15:20
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi

13:52
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi

09:41
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti

23:00 / 13.03.2025