Jahon | 00:09 / 22.08.2024
7897
3 daqiqa o‘qiladi

Oyning Janubiy qutbida magma okeani qoldiqlari borligi aniqlandi

Hindiston tomonidan uchirilgan kosmik apparat bir nechta tahlillarni o‘tkazib, qo‘ngan hududidagi toshlar tarkibida kalsiy va alyuminiy ko‘pligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: NASA, JPL-Caltech

2023 yilning avgustida Hindistonning «Chandrayan-3» missiyasi Oyga qo‘nishni amalga oshirgan edi. Bortida «Pragyan» lunoxodi bo‘lgan «Vikram» kosmik apparati Janubiy qutbdagi eng yirik havza — Eytkendan 350 kilometr uzoqlikdagi Mansini va Boguslavskiy kratelari orasiga qo‘ngan.

Shundan keyin «Pragyan» lunoxodi Oy yuzasidagi sayohatini boshlagan. U tuproqni tahlil qilishga mo‘ljallangan alfa-zarrachalar rentgen spektrometri (APXS) bilan jihozlangan. 23 avgustdan 2 sentabrda qadar u 103 metr masofani bosib o‘tib, Yerning tabiiy yo‘ldoshini 23 ta nuqtasida 30 marotaba o‘lchashlarni amalga oshirgan.

APXS Oy yuzasiga alfa-zarralar taramini, rentgen nurlarini yo‘naltirib, ulardan qaytayotgan nurlanish spektrini qabul qilib olgan. Oldindan majvud ma’lumotlar bilan tuproq tarkibini taqqoslagan apparat uning asosini nima tashkil etishini aniqlagan.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, 23 ta nuqtaning bittasidan tashqari qolgan barchasi regolitning yagona tarkibini ko‘rsatgan. Qurilma asosiy va ikkilamchi kimyoviy elementlarni qayd etgan. APXS bir millimetr atrofidagi yuzadan namunalar olgan, ammo ularning ayrimlari mashina g‘ildiraklari tomonidan chiqarib tashlangan bir necha santimetr chuqurlikdagi tuproq namunalari ham bo‘lishi mumkin.

Kosmik apparat qo‘ngan hududdagi toshlar tarkibi kalsiy va alyuminiy bilan boyitilgan, temir va titan ulushi ham. Bu materik anortozitlardan tashkil topgan tipik tuproqni bildiradi. 

AQShning «Appolon-16», sovetlarning «Luna-20» va Xitoyning «Chane-4» missiyalari hamda APXS tomonidan olingan namunalar orasi bir-biriga o‘xshaydi.

«Qo‘nish joyi bir-biridan ancha uzqoda: bu ekvator, o‘rta kenglik va janubiy yuqori uzunlik. Tosh namunalarining tarkibini o‘xshashligi Oyda magma okeani bo‘lgani haqidagi farazlarni tasdiqlaydi», — deydi ilmiy ish mualliflari.

Yana bir keng tarqalgan gipotezaga ko‘ra, Oy Yerning bir bo‘lagi hisoblanadi — u Mars kattaligidagi kosmik jism bilan to‘qnashuvdan keyin hosil bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida bo‘lajak sun’iy yo‘ldoshning yuqori kilometrlari erib ketib, uning yuzasida magma okeanini hosil qilgan. Oy materiklarida tarqalgan tog‘ jinslari — anortozitlar buni tasdiqlaydi.

Mavzuga oid