Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerlarni qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish uchun qarzlar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Shuningdek hujjatda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.
Qo‘shimcha yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va muomalaga qaytarish uchun quyidagilar ajratiladi:
- Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 200 mlrd so‘m miqdorida foizsiz qarz mablag‘lari;
- 2024 yil uchun Davlat budjeti parametrlarida sug‘oriladigan yer maydonlari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan cho‘l hududidagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 mlrd so‘m;
- xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari;
- ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun yetishmaydigan mablag‘larning bir qismi - Qoraqalpog‘iston budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan.
Ushbu mablag‘lar quyidagi vazifalarni hal qilish uchun yo‘naltiriladi:
- vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini montaj qilish va ishga tushirish;
- daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv olish uchun zarur vositalarni xarid qilish va o‘rnatish;
- sug‘orish (ariqlar, kanallar) va kollektor tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
- yangi o‘zlashtirilayotgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanilayotgan yer uchastkalarini lazer qurilmali tekislash agregatlari bilan tekislash.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- yangidan o‘zlashtirilishi va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilishi lozim bo‘lgan yer uchastkalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish;
- yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
- ushbu yer uchastkalarini qabul qilish;
- yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanish bo‘yicha tadbirlarga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:20 / 24.02.2026