O‘zbekiston | 22:24 / 28.08.2024
1100
2 daqiqa o‘qiladi

Zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderini berish soddalashtirildi

Himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 529-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

- tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderini YaIDXP orqali berish;

- himoya orderini elektron shaklda berish;

- himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish;

- himoya orderini profilaktika inspektori tomonidan tashabbus tartibida berish.

Hujjatda himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida berilishi belgilangan. Bunda YaIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish bepul amalga oshiriladi.

2024 yil 1 dekabrdan boshlab bir kalendar yili davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo‘ravonlik holati aniqlanganda, himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan o‘z tashabbusi bilan beriladi.

Mavzuga oid