Jahon | 15:19 / 30.08.2024
1870
2 daqiqa o‘qiladi

Ota-onalar stressi AQShda jamoat salomatligi muammosiga aylanmoqda – shifokor

Amerikalik bosh jarroh hukumatni ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirdi.

Foto: Getty Images

Amerikalik bosh jarroh Vivek Merti zamonaviy stressning ota-onalar ruhiy salomatligiga ta’siri haqida hisobot e’lon qilib, hukumat, biznes va jamoat tashkilotlarini ularni qo‘llab-quvvatlash uchun resurslarni ko‘paytirishga chaqirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Merti o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq zo‘ravonlik va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri bilan bog‘liq xavflarni yorituvchi tavsiyalar e’lon qilgan. Hujjatda ota-onalarda stressni keltirib chiqaradigan muammolarning uzun ro‘yxatini ham keltirgan. Unda, shuningdek, siyosatni o‘zgartirish, ota-onalar va boshqa vasiylarni, umuman olganda oilalarni jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yaxshilashga chaqirilgan.

Merti federal va mahalliy hukumat ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ko‘proq mablag‘ ajratishi, pul to‘lanadigan ta’tillar, tibbiy ko‘rik va psixiatriya yordami bilan ta’minlashi zarurligini ta’kidlaydi.

U ota-onalarning ruhiy salomatligi farzandlarga ta’sir qilishini alohida qayd etdi.

Yoshlarning ruhiy salomatligi inqirozi ortida ota-onalar o‘rtasidagi inqiroz bor, ularning aksariyati chuqur stress ostida va o‘z ruhiy salomatligida muammolariga duch kelishmoqda. Agar chindan bolalarga yordam berishni istasangiz, ota-onalarga yordam berishingiz kerak”, — deydi u.

Tavsiyada ish beruvchilar stressni boshqarish, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini amalga oshirishga chaqiriladi. Bundan tashqari, Merti tibbiy yordam va ijtimoiy xizmatlarga ota-onalarning ruhiy salomatligini tekshirishni tavsiya qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi taxminan 63 million ota-ona va vasiylarning 48 foizi o‘zini to‘liq stress ostida deb biladi. Bundan tashqari ota-onalar, ayniqsa yolg‘iz ota-onalar yuqori darajadagi yolg‘izlikka duch kelmoqda, deb qo‘shimcha qildi amerikalik bosh jarroh.

Mavzuga oid