O‘zbekiston | 07:21 / 03.09.2024
7986
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Nexia-3 to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi

Sergeli tumanida Nexia-3 to‘xtab turgan Damas’ga urilib, uni ag‘darib yubordi. 

Toshkent shahar YHXB xabariga ko‘ra, holat 2 sentabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY ko‘chasida sodir bo‘lgan

2001 yilda tug‘ilgan T.X. Nexia-3 avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘l chetida harakatsiz turgan 1987 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan. 

YTH natijasida haydovchilar tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid