Xitoyda ishchilar ortiqcha to‘langan maoshlarini qaytarishi kerak - OAV
Ish haqini qaytarib olish orqali davlat kompaniyalari hukumatning ijtimoiy va daromadlar tengsizligini bartaraf etishga qaratilgan «umumiy farovonlik» kampaniyasiga qo‘shilishi mumkin.
Xitoydagi eng yirik o‘nta fonddan biri bo‘lgan China Merchans FM o‘z xodimlaridan oxirgi besh yil davomida to‘langan 3 million yuanni (421 ming dollar) qaytarishni so‘radi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, maoshga qo‘shib to‘langan mazkur mablag‘lar hukumatning iqtisodiy tenglikni ilgari surishga yo‘naltirilgan yangi tashabbusidan oshib ketgan. Shu boisdan fond rahbariyati top-menejerlardan 2019 yildan 2023 yilga qadar har yil uchun to‘langan ortiqcha 3 million yuan mablag‘larni qaytarishni so‘ramoqda.
Ish haqini qaytarib olish orqali davlat kompaniyalari hukumatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari sekinlashishi tufayli ijtimoiy va daromadlar tengsizligini bartaraf etishga qaratilgan «umumiy farovonlik» kampaniyasiga qo‘shilishi mumkin.
Hukumat moliyaviy elita o‘rtasidagi g‘ayrioddiy turmush tarzini shu tarzda qaytarmoqda. Fond menejerlari qimmatli qog‘ozlar bozori yomon ko‘rsatkichga tushib ketgan bo‘lsa-da yuqori daromadlari sabab diqqat markaziga tushib qoldi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida Milliy auditorlik ofisidan China Merchans FM’ga tashrif buyurgan. Auditorlarning hisoblashicha, ayrim firmalarning maoshlari haddan ortiq yuqori va ular limit o‘rnatib, ortiqcha to‘langan pullarni qaytarishni talab qilmoqda.
Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori lavozimli rahbarlar, savdo va investitsiya menejerlarining asosiy maoshlari 1,6 million yuandan 6 million yuangacha.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024