Jahon | 13:05 / 09.09.2024
1310
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya kontrrazvedkasi Rossiyadan kiberhujumlar xavfi haqida ogohlantirdi

Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi Rossiya harbiy razvedkasining 29155-bo‘linmasi faoliyatidan xavotirda. Idora Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlariga hakerlik hujumlaridan xavfsiramoqda.

Foto: Yevgeniy Razumnyy / Vedomosti / TASS

Germaniyada demokratik qonun ustuvorligiga tahdidlarni kuzatish va kontrrazvedka faoliyatini o‘z ichiga olgan Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi Rossiyaning Yevropa Ittifoqi davlatlari va NATO obektlariga hakerlik hujumlari tahdidi haqida ogohlantirdi. Tegishli ogohlantirish 9 sentabr, dushanba kuni idora saytida chop etilgan xabarda keltirilgan.

Unda aytilishicha, idora xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasining (ilgari "GRU" nomi bilan mashhur bo‘lgan ) 29155-bo‘linmasi tomonidan kiberhujumlarning hozirgi tahdidi haqida ogohlantiradi. Shuningdek, postda Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi Amerika razvedka idoralari bilan birgalikda Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab kiberfaoliyati haqida ma’lumot beruvchi 5 sentabrdagi xabarga havola ham mavjud.

Hisobotda, shuningdek, 29155-bo‘linmaning qo‘poruvchilik harakatlari va qotillikka urinishda ishtirok etgani ma’lum qilingan. Bu bo‘linma, boshqa narsalar qatorida, 2018 yilda ikki tomonga ishlagan agent Sergey Skripalni zaharlashda ayblanmoqda. "GRU" polkovnigi Skripal Britaniya razvedkasiga o‘tib ketgan, fosh etilgan va 2010 yilda josuslar almashinuvining bir qismi sifatida qo‘yib yuborilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid