Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya quruqlik chegaralaridagi nazoratni tiklaydi
Bu choralar noqonuniy migratsiyaning oldini olishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Reuters
Germaniya hukumati noqonuniy migrantlar oqimini kamaytirish maqsadida 16 sentabrdan boshlab mamlakatning barcha quruqlik chegaralarida vaqtinchalik nazorat joriy etish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vazirligiga tayanib AP xabar berdi.
«Vazirlik Yevropa Ittifoqini olti oy muddatga Fransiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Belgiya va Daniya bilan quruqlikdagi chegaralarda chegara nazoratini joriy etish qarori haqida xabardor qildi», deyiladi agentlik xabarida.
«Biz aniq chora-tadbirlar orqali ichki xavfsizligimizni mustahkamlayapmiz va noqonuniy migratsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyani egallashda davom etmoqdamiz», dedi Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer.
Avvalroq Germaniya Polsha, Chexiya, Avstriya va Shveytsariya bilan chegaralarida ham nazorat joriy qilgan edi.
Germaniya Shengen zonasining bir qismi bo‘lib, uning a’zolari ichki chegaralarda chegara nazoratini bekor qilgan. Biroq, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu nazoratni vaqtincha qayta tiklashga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025