Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Alisher Morgenshternga nisbatan jinoiy ish ochildi
Rossiyada «chet el agentlari» uchun qoidalarga rioya qilmagani uchun reperga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Rossiyada reper Alisher Morgenshternga nisbatan «chet el agenti» (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 2-qismi) vazifasini bajarmagani uchun jinoiy ish ochildi. Bu haqda 8 sentabr, yakshanba kuni huquq-tartibot idoralariga tayanib, Rossiya davlat agentligi «RIA Novosti» yozdi.
Agentlik suhbatdoshining tushuntirishicha, Morgenshtern uzoq vaqt davomida o‘zining Telegram va YouTube kanallarida maxsus belgisiz materiallarni chop etib kelgan. Ilgari prokuratura reperga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qilib, yil davomida u ikki marta «chet el agenti» qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganini, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi postlariga belgi qo‘yishni boshlamaganini bildirgandi.
Morgenshtern 2022 yil may oyida «chet el agenti» sifatida tan olingan. Bunga artistning Yoola Labs Ltd. kompaniyasi - blogerlarni targ‘ib qiluvchi YouTube hamkorlik tarmog‘idan pul evaziga amalga oshirgan siyosiy faoliyati sabab bo‘lgan. Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 2-qismi bo‘yicha musiqachi ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Ayni damda Alisher Morgenshtern Rossiyadan tashqarida va yaqinda bergan intervyusida mamlakatga qaytish niyati yo‘qligini aytdi. «Rossiyadagi odamlar meni yaxshi ko‘rishadi, meni yomon ko‘ruvchi yovuzlar borligini ham bilaman», dedi u.
Xonanda Monetochkaga nisbatan xuddi shunday modda bilan jinoiy ish ochilgan
6 sentabr, juma kuni Moskva prokuraturasi o‘zining Telegram-kanalida xonanda Monetochka (Yelizaveta Girdimova)ga nisbatan «chet el agenti» vazifasini bajarmaganligi uchun Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 330.1-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Iyun oyi o‘rtalarida poytaxt prokuraturasi xonandaning qilmishiga jinoiy-huquqiy baho berganini ma’lum qilgandi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, «chet el agenti» faoliyatini buzgani uchun yil davomida ikki marta protokollar tuzilgan Monetochka ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar va materiallarni «ular chet el agenti vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan yaratilgani va (yoki) tarqatilganligini ko‘rsatmasdan tarqatishda davom etgan».
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026