Jamiyat | 09:00 / 09.09.2024
2542
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi

Yashnobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan E.A. 56 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid