Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
33 yoshli yigit Istanbulda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlikda gumonlanib qidiruvga berilgan 33 yoshli yigit Istanbulda ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1992 yilda tug‘ilgan M.D.M. 2022-2023 yillarda ishonchga kirish yo‘li bilan o‘zgalarning umumiy hisobda qariyb 60 ming dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, 2023 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan.
Yigit Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Ta’kidlanishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
17:43 / 04.06.2026