O‘zbekiston | 11:43 / 14.09.2024
1583
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlari ro‘yxati tasdiqlandi

179 ta banddan iborat va guruhlarga tasniflangan o‘lchash natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan O‘lchash natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash hamda hukumat ayrim qarorlariga metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 179 ta banddan iborat va quyidagi guruhlarga tasniflangan o‘lchash natijalari davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati tasdiqlanmoqda:

  • sog‘liqni saqlash sohasida faoliyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish, neft va kimyo, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qurilish sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari;
  • mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari;
  • savdo va tovar ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish, tovarlarni qadoqlash bo‘yicha ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari;
  • mudofaa, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohalarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari;
  • bank, soliq, bojxona va pochta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘llanadigan o‘lchash vositalari.

Mavzuga oid