Prezidentning “Milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
2021 yil 1 yanvardan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
a) quyidagi olib kirilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylaştiruvi jarayonida muvofiqlik sertifikati talab etilmaydi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan hamda vakolatli idoralarning tegişli ruxsatnoma hujjatlariga ega bölgan veterinariya va ösimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar, şuningdek, sanitariya-epidemiologik xulosaga mos keladigan tovarlar röyxatidagi oziq-ovqat mahsulotlari;
b) Özbekiston bojxona hududiga olib kelingan tovarlarni realizatsiya qilinişidan oldin muvofiqlik sertifikatini oliş majburiyati bevosita uşbu tovarlarni olib kirgan şaxsga yuklatiladi.
2023 yil 1 yanvargaça quyidagilar ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi:
texnik reglament va standartlarning majburiy talablarini buzganlik holatlari yuzasidan aniqlangan kamçiliklarni ixtiyoriy ravişda bartaraf etgan şaxslar;
işlab çiqarilgan mahsulot erkin savdoga çiqarilgandan keyingi davrda sifat va xavfsizlik nuqsonlari aniqlanib, işlab çiqaruvçi tomonidan ixtiyoriy ravişda savdoga çiqarilgan mahsulotlarni qaytarib oliş çoralari körilganda.
“Özstandart” agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining standartlaştirişga doir normativ hujjatlar toifasiga kiruvçi taşkilot standartlarini işlab çiqiş jarayonini soddalaştiriş haqidagi quyidagi takliflari ma'qullanadi:
- taşkilot standartlarini ekspertizadan ötkaziş davlat idoralari va xöjalik boşqaruvi organlari tomonidan haq olmasdan amalga oşiriş hamda “Özstandart” agentligi organlarida davlat röyxatidan ötkaziş tartibini bekor qiliş;
- işlab çiqarilayotgan mahsulotlarga oid taşkilot standartlarini hisobini yuritiş maqsadida "Özstandart” agentligi işlab çiqaruvçi taşkilot tomonidan elektron tarzda xabardor etilişi lozim;
- taşkilot standartlarida belgilangan körsatkiçlar davlat (milliy) standarti talablaridan past bölgan hollarda uşbu taşkilot standartlariga asosan sertifikatlaştirişga yöl qöyilmaydi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, “Özstandart” agentligining:











