Iqtisodiyotning turli tarmoq va davlat boşqaruvida qöllanadigan ölçaş natijalarining aniqligi, xolis va işonçliligini ta'minlamasdan turib, közlangan maqsadlarga erişib bölmaydi.

Sönggi ikki-uç yil içida milliy metrologiya sohasida ölçaşlar yagonaligini ta'minlaş, ularning xalqaro darajada e'tirof etilişiga erişiş böyiça bir qator ijobiy işlar amalga oşirildi.

Davlat rahbarining tegişli qarori bilan sohada aniq maqsadga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlarni izçil amalga oşiriş hamda korporativ boşqaruvning zamonaviy institutsional usullarini joriy etiş maqsadida Özbekiston milliy metrologiya instituti taşkil etildi.

Şu bilan bir qatorda, metrologiya yönalişi böyiça qonuniy-huquqiy bazani takomillaştiriş yuzasidan “Metrologiya töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi.

Bu öz navbatida, metrologik infratuzilmani tubdan yangilaş, xalqaro munosabatlarni amalga oşiriş, xorijiy davlatlarning milliy metrologiya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş, xususiy sektorning metrologik xizmatlardagi uluşini oşiriş va eng muhimi, xodimlarning malakasini, ham ilmiy, ham kasbiy könikmalarini oşirişga zamin yaratdi.

Institut tomonidan xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Xalqaro tarozi va ölçovlar byurosiga (BIPM) a'zo bölinib, Milliy ölçaş etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlaş va ölçaş sertifikatlarining özaro e'tirof etilişi töğrisida kelişuv (CIPM MRA) imzolandi.

Sönggi uç yil içida sohaga 10 dan ortiq xalqaro ekspertlar jalb etildi. 50 nafardan ziyod mutaxassislar Germaniya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Moldova, Belarussiya va boşqa davlatlarda malaka oşirib qaytdilar.

Massa, harorat va bosim laboratoriyalarining ölçaş imkoniyatlari xalqaro darajada tan olindi. Kalibrlaş va ölçaş sertifikatlarining

102 ta davlat tomonidan özaro e'tirof etilişini ta'minlaş maqsadida Yevrosiyo davlat metrologiya taşkilotlari hamkorligi (KOOMeT) doirasida 12 ta soliştiriş loyihalari böyiça yaqin hamkorlik örnatildi.

Davlat rahbarining metrologiya tizimiga bölgan e'tibori natijasida davlat budjetidan 21 dona etalon xarid qiliş uçun 5,8 mln. dollar ajratilib, milliy etalonlar bazasini 33 donaga yetkaziş rejalaştirildi.

Ayni damda respublikada yuqori aniqlikdagi ölçaşlarning kuzatiluvçanligini ta'minlaş maqsadida, milliy etalonlar soni 9 tadan 19 taga yetkazilişi orqali 10 ta kalibrlaş laboratoriyalari taşkil etildi va 72 ta guruhdagi ölçaş vositalarini kalibrlaş xizmati joriy etildi. 2017-2020 yillarda jami 5 mlrd. sömlik 133 dona uskuna xarid qilindi hamda qiyoslaş va kalibrlaş böyiça 45 ta yangi ölçaş uslubi özlaştirildi.