Ilon Mask insoniyatni yo‘q bo‘lib ketishdan qutqarish shartini aytdi
Amerikalik tadbirkorning fikricha, insonlar hayotini saqlab qolishga o‘ta og‘ir yuklarni koinotga olib chiqishga mo‘ljallangan ko‘p martalik Starship tashuvchi raketalari yordam beradi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali Yer yuzida insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishdan qutqarish shartini ma’lum qildi.
Uning fikricha, insonlar hayotini saqlab qolishga o‘ta og‘ir yuklarni koinotga olib chiqishga mo‘ljallangan ko‘p martalik Starship tashuvchi raketalari yordam beradi. Agar byurokratiya xalaqit qilmasa, bu amalga oshishi mumkin.
Maskning hisoblashicha, Starship hayotni «ko‘p sayyoraviy» qiladi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi davlat nazorat organlari yildan yilga yomonlashib bormoqda. Bunday holat davom etaversa, Qo‘shma Shtatlardagi barcha yirik loyihalar noqonuniy bo‘lib qoladi.
Bundan oldinroq Mask Starship ikki yildan keyin Marsga ilk parvozini amalga oshirishini ma’lum qilgan edi. Ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan Starship Mars 100 kishini olib ketishga qodir. Uning prototiplari hozirgacha bir necha bor Yerga qaytib kelish bilan bog‘liq test parvozlarini amalga oshirgan, ammo bularning barchasi sayyora atmosferasi ichida sinalmoqda.
Avvalroq SpaceX kompaniyasi bortida oddiy fuqarolardan iborat Polaris Dawn tijoriy missiyasini kosmosga uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Missiya a’zosi milliarder Jared Ayzekman ochiq kosmosga chiqishni amalga oshirgan tarixdagi ilk noprofessional astronavt bo‘ldi. U Polaris dasturi investorlaridan biri va missiya rahbari hisoblanadi. «Uyda ishimiz juda ko‘p, ammo bu yerdan sayyoramiz ideal olamdek ko‘rinadi», — deydi u.
Mavzuga oid
21:33 / 24.11.2024
Ilon Mask o‘z rekordini yangilab, yana tarixdagi eng badavlat insonga aylandi
17:20 / 20.11.2024
SpaceX oltinchi marta Starship raketasini sinovdan o‘tkazdi. Parvozni Donald Tramp ham kuzatib bordi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024