O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi.

Foto: LinkedIn / Azizbek Urunov
O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov Gazeta.uz’ga ma’lumot berdi.
13 sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar o‘z yakuniga yetgan. 18 davlatdan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzolangan (protokol imzolangach jarayon rasman yakuniga yetgan bo‘ladi). Bu mamlakatlardan ikkitasi Braziliya va Shri-Lanka hisoblanadi.
JST jamoatchilik forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, JST bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan va bosh direktorning sobiq o‘rinbosari Alan Volf ishtirokida hujjatlarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jyenevada bo‘lib o‘tayotgan JST 2024 jamoat forumida ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid

21:07 / 20.02.2025
O‘zbekiston JST a’zosi bo‘lishiga uzog‘i 1 yil qolgani aytildi

16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

16:57 / 29.11.2024
O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

17:11 / 26.11.2024